Falkao "Monako"dan ketishi mumkin, unga ikkita Ispaniya klubi qiziqmoqda

24 may 2019, 19:40
"Monako" sardori Radamel Falkao mavsum yakunida klubini o'zgartirishi mumkin.

L’Equipe nashriga ko'ra, "Nicca"ga qarshi bahs kolumbiyalik forvard uchun jamoadagi so'nggi o'yini bo'lishi  kutilmoqda. Uning amaldagi shartnomasi kelasi yil yozda tugaydi.

Hozirda 33 yoshli Radamel Falkao Ispaniyaning "Atletiko" va "Valensiya" klublari kuzatuvida bo'lib turibdi.

Joriy mavsum "Monako"ning 9-raqam egasi 32 o'yinda maydonga tushib, 15 marta raqib darvozasini ishg'ol qildi va 3 ta golli uzatma muallifiga aylandi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: lequipe.fr