Falkao Kolumbiyaning eng yaxshi to'purariga aylandi
Tolibjon Qosimov
8 iyun 2017, 19:12
Kolumbiya futbol Federatsiyasi rasmiy saytining xabar berishicha, "Monako" va milliy terma jamoa hujumchisi Radamel Falkao Kolumbiyaning eng yaxshi to'purariga aylandi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi Ispaniyaga qarshi o'rtoqlik o'yini (2:2)da ikkinchi golni kiritgan edi. Endi 31 yoshli Falkaoning hisobida Kolumbiya terma jamoasi libosida 65 uchrashuvda 26ta gol mavjud.