

Saralash bahslarining “D” guruhidan o'rin olgan O'zbekiston milliy terma jamoasi ilk o'yinini safarda Falastinga qarshi o'tkazadi. Mazkur uchrashuv Al-Ram shahridagi Falastin terma jamoasining uy o'yinlarini o'tkazadigan “Faisal Al-Husseini” stadionida bo'lib o'tadi. O'yin bizning vaqtimiz bilan soat 19:00da boshlanadi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi mazkur uchrashuvga tayyorgarlik doirasida 28 avgust sanasidan boshlab poytaxtimizda yig'inga kirishadi.
Jahon chempionati-2022
Ikkinchi saralash bosqichi / 1-tur
2019 yil / 5 sentyabr / 19:00
“Faisal Al-Husseini” stadioni (Al-Ram, Falastin)
Falastin – O'zbekiston



