

"Dinamo" jamoasi o'z maydonida Farg'onaning "Neftchi" jamoasini qabul qiladi. Vadim Abramov shu paytga qadar Vitaliy Levchenko boshqaruvidagi "Neftchi" bilan 3 marotaba to'qnash kelgan. Bu uchrashuvlarning barchasida mehmonlarning qo'li baland kelgan. Samarqandliklar o'zaro o'yinlarda oxirgi marotaba 2017 yil raqibidan ustun kelgan. O'shanda Oleg Tyulkin boshchiligidagi "Dinamo" Abramov ustozlik qilgan "Neftchi"ni 1:0 hisobida enggan.
2022. "Neftchi" - "Dinamo" 4:1
2024. "Dinamo" - "Neftchi" 0:1
2024. "Neftchi" - "Dinamo" 3:2
Ma'lumot uchun, bugungi o'yin 20:00da start oladi.



