

"Andijon" so'nggi bor 5 may kuni o'z maydonida o'tgan bahsda mag'lub bo'lgan ekan ("So'g'diyona"ga 1:2). Shundan keyin o'z uyidagi 5ta uchrashuvning hech birida imkoniyat boy berilmagan (3 g'alaba, 2 durang).
"Navbahor" esa oxirgi marta Superliga doirasida 30 iyul kuni g'alaba qozongandi ("Qizilqum" ustidan 2:1 hisobida). Shundan keyin 4ta o'yin o'tkazgan "lochinlar" 2ta durang va 2ta mag'lubiyat qayd etishdi.
Bugun ikkala seriya yakuniga yetishini taxmin qilaman.



