FAKT! Mochinov "Buxoro" bilan qilgan ishini "So'g'diyona" bilan ham takrorladi

Narzulla Saydullayev
7 apr 2018, 17:11
Jizzaxning "So'g'diyona" klubi bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov iste'foga chiqarildi.

Ushbu murabbiy boshchiligida "So'g'diyona" O'zbekiston Superligasida bironta g'alabaga erisha olmadi. Qizig'i Mochinov 2015 yil "Buxoro"ni boshqarganida ham klub umuman g'alaba qozona olmagan edi.

Mochinov O'zbekiston chempionatida faqt 5 uchrashuvda g'olib bo'lgan. Bu g'alabalar 2016 yilda "Obod" bilan qo'lga kiritilgan.


Mochinov boshqargan o'yinlarda klublar qayd etgan natijalar:

2015 yil "Buxoro" - 11ta o'yin, 0 g'alaba, 2 durang, 9 mag'lubiyat

2016 yil "Obod" - 18ta o'yin, 5 g'alaba, 4 durang, 9 mag'lubiyat

2018 yil "So'g'diyona" - 5ta o'yin, 0 g'alaba, 1 durang, 4 mag'lubiyat

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia