Fakt. "Loko" "Metallurg"ni 3 yilda ilk bor mag'lub qilishi mumkin

1 okt 2021, 09:04
Bugun Mikael Sekeyra boshchiligidagi "Lokomotiv" "Metallurg" mehmoni bo'ladi (Superliga, 21-tur).

METALLURG – LOKOMOTIV

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Andrey Sapenko, Timur Gaynullin, Akmal Rahimov

Nazoratchi: Oleg Dachev

VAR hakami: Rahimbek Karimov

VAR assistent: Aleksandr Sidorov

VAR nazoratchi: Valentin Kovalenko

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

E'tiborli jihati, Toshkent klubi Bekobod klubi ustidan 3 yildan beri zafar qucha bilmayapti. Jamoalar o'rtasida O'zbekiston chempionatida doirasida o'tkazilgan so'nggi 5 o'yinning 2 tasida "Metallurg"ning qo'li baland kelgan, 3 durang.

12.05.2019 "Metallurg" 0:0 "Lokomotiv"

15.09.2019 "Lokomotiv" 1:1 "Metallurg"

15.06.2020 "Lokomotiv" 0:3 "Metallurg"

25.09.2020 "Metallurg" 2:2 "Lokomotiv"

11.05.2021 "Lokomotiv" 1:3 "Metallurg"

Ma'lumot uchun, "temiryo'lchilar" Bekobod klubini so'nggi bor 2018 yilning 31 oktyabrida mag'lub qilgan. O'sha bahs taqdirini Anzur Ismoilovning yagona goli hal qilgan edi.

Bu qiziq! Superligada davom etayotgan seriyalar

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia