

Final uchrashuvida Fransiya va Argentina jamoalari o'zaro to'qnash keladi. Turnirning yakunlovchi bahslari tarixiga nazar soladigan bo'lsak, shu kungacha faqat bitta Jahon chempionati finalida darvozalarga gol urilmaganini ko'rishimiz mumkin.
1994 yil AQSHda o'tgan mundialda Braziliya - Italiya o'yinida asosiy va qo'shimcha bo'limlarda hisob ochilmagan (0:0). G'olib penaltilar seriyasida aniqlangan va omad "pentakampeonlar"ga kulib boqqan.




