Fakt: "Buxoro" 9 yildan so'ng Olmaliqda g'alaba qozondi

Iskandarov Abdulaziz
26 iyun 2025, 07:30
O'zbekiston Kubogi nimchorak finalidan o'rin olgan OKMK - "Buxoro" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Qiziqarli kechgan o'yinda Ulug'bek Bakaev shogirdlari Mirjalol Qosimov jamoasidan ustun keldi. "Buxoro" shu tariqa 9 yildan so'ng Olmaliqda OKMKni taslim qildi. Ko'hna shahar jamoasi oxirgi marotaba 2016 yil Superliga doirasida raqibini safarda enggan edi. 

"Buxoro" navbatdagi uchrashuvini 29 iyun kuni "Sho'rtan"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia