

AQSH Uels bilan to'qnash keladi. Bu ikki jamoa shu kungacha faqat ikki bor o'rtoqlik doirasida uchrashishgan. 2003 yil o'tkazilgan bahsda AQSHning qo'li baland kelgan bo'lsa (2:0), 2020 yil tashkillashtirilgan bellashuvda hisob ochilmagan (0:0). Bugungi o'yin rasmiy maqomdagi dastlabkisi hisoblanadi.



