Fabricio Romano: "Veynaldum PSJ bilan shartnoma imzoladi"

Alisher
8 iyun 2021, 10:28
"Liverpul" yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum PSJga o'tdi.

Futbolchi tez orada tibbiy ko'rikdan o'tadi. Shundan so'ng transfer rasman ma'lum qilinadi. Shartnoma 2024 yilga qadar mo'ljallangan.

Veynaldum oldinroq "Barselona" bilan muzokaralar olib borgan va kelishuvga erishgan edi, ammo yuqori maosh sabab u PSJni tanladi.

30 yoshli niderlandiyalik o'yinchi o'tgan mavsum "Liverpul" tarkibida barcha musobaqalarda 51ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano