Fabricio Romano: "Al Ittihod"ning yangi bosh murabbiyi ma'lum

Khoja
8 okt 2025, 07:41
Saudiya Arabistonning amaldagi chempioni "Al Ittihod"ning yangi bosh murabbiyi ma'lum bo'ldi.

Bu haqda Fabricio Romano ma'lum qildi. Insayderning ma'lum qilishicha, Jidda klubi portugaliyalik mutaxassis Serjiu Konseysau bilan 2027 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Esalatib o'tamiz, Jidda jamoasi Saudiya Proligasining 4-turida "Al Nassr"ga mag'lub bo'lganidan so'ng Loran Blan bilan shartnomani bekor qilgandi.

Serjiu Konseysauning esa so'nggi ish joyi "Milan" hisoblanadi. U milanliklarni o'tgan mavsum yakunidan so'ng tark etgandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com