Fabregas: "Ronaldu yaxshi o'ynayapti, ammo uning gollari standart, penalti va xatolardan urildi"

Aslanov Jasurbek
23 iyun 2018, 15:29
"Chelsi" yarim himoyachisi Sesk Fabregas Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning JCH-2018dagi o'yiniga izoh berdi.

"Hozir Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasida boshqa vazifani bajarmoqda - u vaqtining katta qismini oldinda o'tkazib, butun maydon bo'ylab harakat qilmayapti.

U Rossiyadagi mundialning asosiy yulduzlaridan biri va hozirgacha 4ta gol urdi.

Ha, Ronaldu yaxshi o'ynayapti, biroq uning gollari penalti, jarima zarbasi va burchak zarbalaridan urildi.

Krishtianu gol urishidan oldin u va Portugaliya terma jamoasi ajoyib kombinacion o'yin ko'rsatyapti deyish qiyin" - deydi Fabregas.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC