Fabregas "Real" haqida: "Barcha futbolchilar o'ynashga loyiq, Alonsoning vazifasi qiyin bo'lsa kerak"

Aslanov Jasurbek
24 dek 2025, 18:26
Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi,"Komo" bosh murabbiyi Fransesk Fabregas nima uchun Xabi Alonsoga "Real" kiyinish xonasini nazorat qilish qiyinligini aytib o'tdi.

"Ularning [o'yinchilarning] barchasi juda kuchli futbolchilar. Har biri o'ynashga loyiq. Hammasi o'zini o'ynashi kerak deb hisoblaydi. Har biri farq yaratishi lozim. Ularning hammasi 50 million [evro] turadi, bari o'z terma jamoalarida o'ynaydi. Hammani maydonga tushirish va tarkib tanlash eng qiyin vazifa bo'lsa kerak", – dedi Fabregas DAZN hujjatli filmida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca