Fabregas: "Konte seshanbadan "Chelsi"ga e'tibor qaratadi degan umiddaman"

Aslanov Jasurbek
25 iyun 2016
Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Sesk Fabregas Antonio Konte boshchiligidagi Italiyaga qarshi Evro-2016 nimchorak final bahsi haqida fikr bildirdi.

"Konte bilan biroz suhbatlashdik va u menda yaxshi taassurot qoldirdi. Antonio ajoyib murabbiy. U menga nima yetishmayotganini tushuntirib berdi. Murabbiy bilan ishlashga sabrim chidamayapti. U seshanbadan bor e'tiborini "Chelsi"ga qaratadi degan umiddaman" - deydi Fabregas.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport