Fabio Kannavaroning oxirgi ish joyidagi maoshi qancha edi?

Оқил Абдубарноев
3 okt 2025
Italiyalik murabbiy eng yuqori daromadni Xitoy klubidan olgan.

Italiyalik sobiq futbolchi Fabio Kannavaro tez orada O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiy etib tayinlanishi kutilmoqda.

52 yoshli mutaxassisning so'nggi ish joyi Xorvatiyaning "Dinamo Zagreb" klubi hisoblanib, u erda yarim yil faoliyat olib bordi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kannavaroning "Dinamo Zagreb"dagi yillik maoshi 1,5 mln evro, murabbiylar shtabi esa yiliga qo'shimcha 500 ming evro maosh olgan.

"Oltin to'p" sohibi "Guanchjou Evergrand" klubini boshqargan vaqtida yiliga 12 mln evro ishlab olgan bo'lib, o'sha paytda Xitoy Superligasidagi eng ko'p maosh oluvchi murabbiyga aylangan.

Kannavaro murabbiy sifatida O'zbekistonga yutqazgan o'yinni yodga olamiz


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia