Fabio Kannavaro – Udineze bosh murabbiyi

Khoja
23 apr 2024
Italiyaning Udineze klubi jamoaning yangi bosh murabbiyi nomini e'lon qildi.

Italiya milliy jamoasi hamda Real klubi sobiq himoyachisi Fabio Kannavaro Udineze bosh murabbiyiga aylandi. Tomonlar 2024 yilning 30 iyun kunigacha shartnoma imzolashdi. U iste'foga chiqarilgan Gabriele Chioffini o'rnida ish boshladi.

Udineze A Seriyada 32 o'yindan keyin 28 ochko bilan 17-o'rinda bormoqda.

Ma'lumot uchun, Kannavaro 2023 yilda Beneventodan iste'foga chiqarilgandi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com