Fabino: "Manening ketishi – katta yo'qotish"

Alisher
18 iyul 2022, 16:54
"Liverpul" yarim himoyachisi Fabino jamoadan hujumchi Sadio Mane ketganiga munosabat bildirdi.

Eslatib o'tamiz, senegallik 50 mln evro evaziga "Bavariya"ga o'tdi, uning mersisaydliklar bilan shartnomasi tugashiga bir yil qolgan edi.

"Manening ketishi – katta yo'qotish. U eng yaxshi o'yinchilarimizdan biri edi, ammo biz buni o'zgartirishimiz mumkin. Uning ketganiga ko'nikishimiz kerak. Endilikda boshqa futbolchilar o'zlarini ko'rsatishlari zarur", – deydi futbolchi.

Mane o'tgan mavsum "Liverpul" safida APL doirasdiagi 16ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Athletic