FA 2017/18 mavsumdan boshlab doping-testlar sonini ikki baravarga oshiradi

Aslanov Jasurbek
11 fev 2017, 13:48
Angliya futbol Assotsiatsiyasi 2017/18 mavsumdan boshlab ingliz futbolida doping-testlar sonini ikki baravarga oshiradi.

Tashkilot 2015/2016 mavsumdan (2442) ikki marta ko'p - 5000 ta doping-test o'tkazib, unga 2 mln. funt safrlamoqchi.

Doping-testlarni Britaniya antidoping agentligi (UKAD) oladi. UKADda testning o'rtacha narxi 400 funt, qon testi bilan esa 500 funtga tushadi. Joriy mavsumda UKAD 3000 dan ortiq doping-test o'tkazmoqchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail