Yevropa Ligasining saralash o'yini vaqtida ko'ngilsiz holat yuz berdi

Eldor Akmurzayev
16 avg 2019
Yevropa Ligasining 3 saralash bosqichi javob bahsida Mlada-Boleslav (Chexiya) o'z uyida Styauani (Ruminiya) qabul qilib, minimal hisobda imkoniyatni (0:1) boy berdi.

Uchrashuv birinchi tayminig oxirlarida mehmonlar darvozaboni Andrey Vlad to'p uchun kurashda boshidan qattiq zarb eyishi oqibatida, xushini yo'qotadi. Tez tibbiy yordam vakillari unga birinchi ko'makni ko'rsatganidan so'ng, u o'ziga kelib yonidagilardan darvozasiga gol kirgan yo kirmaganligini aniqlashtirishni so'ragan. Keyin esa Vlad o'rnidan turib, bahsni oxirigacha davom ettirdi. 

20 yoshli kiperning jamoasi esa keyingi bosqichga yo'l oldi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/Emishor

O'xshash yangiliklar