Yevropa Ligasining hafta jamoasi taqdim etildi

Alisher
7 may 2021
UEFA matbuot xizmati Yevropa Ligasi yarim final javob o'yinlari uchun ramziy jamoani taqdim etdi.

Eslatib o'tamiz, Londonning "Arsenal" klubi o'z uyida Ispaniyaning "Vilyarreal" (0:0) jamoasini taslim eta olmadi, "Manchester Yunayted" esa "Roma" (2:3)ga mag'lub bo'ldi.

Ramziy jamoa: David de Xea - Kiran Tirni, Pablo Mari, Raul Albiol, Rik Karsdorp - Pedro Rodriges, Lorenco Pellegrini, Brayan Kristante, Bukayo Saka - Edin Djeko, Edinson Kavani.

Eng qizig'i ramziy jamoaga muvaffaqiyatsiz natija qayd etgan "Arsenal"ning uch o'yinchisi kiritildi.

Yevropa Ligasi finali "Vilyarreal" va "Manchester Yunayted" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi. O'yin 26 may kuni Polshadagi Gdansk shahrida bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com