Yevropa ligasidagi g'alaba "Sevilya"ga kamida 21,5 mln. evro foyda keltiradi

Aslanov Jasurbek
19 may 2016
Yevropa ligasidagi navbatdagi chempionlik "Sevilya"ga katta moliyaviy foyda keltiradi.

Andalusiya klubi finaldagi g'alabasi uchun 6,5 mln. evro oldi. Bundan tashqari, Unai Emeri jamoasi UEFA Superkubogida ishtirok etadi. Bu bahsdagi ishtirok uchun klub yana 3 mln. evro ishlab oladi. Ammo ispan jamoasi eng katta mablag'ni kelasi mavsum Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etishi uchun qo'lga kiritadi. Xatto jamoa barcha olti bahsda ham mag'lub bo'lsa, ularga 12 mln. evro to'lanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS