Yevropa ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Mirjalol Normatov
25 fev 2022, 23:38
"Braga" vingeri Rikardu Orta Yevropa ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.

27 yoshli futbolchi "Sherif"ga qarshi javob o'yinida gol va assist qayd etdi. Shu orqali u jamoasining navbatdagi bosqichga chiqishiga katta yordam berdi.

"Sherif" dastlabki o'yinda 2:0 hisobida g'alabaga erishdi. Javob o'yinida "Braga" hisobni tenglashtirdi va penaltilar seriyasida g'alabaga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/EuropaLeague