Yevropa ligasida 2017/18 mavsumning eng yaxshi futbolchisi e'lon qilindi
Aslanov Jasurbek
31 avg 2018, 16:11
Ayni damda Monako shahrida Yevropa ligasining guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi o'tkazilmoqda.
Ushbu tadbirda o'tgan mavsum Yevropa ligasi musobaqasining eng yaxshi futbolchisi nomi e'lon qilindi. Turnir g'olibiga aylangan "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann ushbu sovrinni qo'lga kiritdi.