Yevropa ligasi. Yarim final. "Arsenal" Londonda 10 kishi bo'lib qolgan "Atletiko"ni yuta olmadi

Bugun Yevropa ligasi yarim finali ilk uchrashuvi doirasida Londonda “Arsenal” va “Atletiko” kuch sinashdi.

YANGILASH

Jamoalar tarkiblari ma'lum.

Arsenal Angliya – Atletiko Ispaniya 1:1

Gol: 1:0 – 61 Lyakazett, 1:1 - 82 Grizmann.

Arsenal – Ospina, Mustafi, Monreal, Belerin, Koselni, Uilsher, Djaka, Remzi, Ozil, Uelbek, Lyakazett.

Atletiko – Oblak, Ximenes, Lyuka Ernandes, Vrsalko, Godin, Saul, Parti, Koke, Korrea (Cavich, 75), Gameyro (Gabi, 65), Grizmann (Torres, 86).

Chetlatish: Vrsalko (10)

Ilk daqiqalarda Lyakazetning zarbasi darvoza ustuniga tegdi.

7. ZARBAAAAAA!!!! Lyakazetning zarbasini Yan Oblak shu tarzda qaytardi.

10. Shime Vrsalko "Arsenal" futbolchisi Aleksandr Lyakazetga qarshi fol ishlatgani uchun ikkinchi sariq kartochkasini ishlab oldi.

13. "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone murabbiylar shtabidan chetlashtirildi.

37. Tomasning bir o'zi "Arsenal"ning bir necha futbolchisini aldab o'tdi va jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi. Grizmanning kuchli zarbasini Ospina qaytarib qoldi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi.Ikkinchi bo'lim davom etmoqda.

61. GOOOOOOOOOLLLLL!!!! Havodan oshirilgan to'pni Aleksandr Lyakazett boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi.

82. GOOOOOOLLLL!!! Grizmann raqiblari xatosidan unumli foydalanib, darvozani ishg'ol etdi - 1:1.

UCHRASHUV YAKUNLANDI, 1:1.


Manba: championat.asia