Yevropa ligasi. Shtindl 11 daqiqada uchta gol urdi

Narzulla Saydullayev
24 fev 2017
Kecha Yevropa ligasi 1/16 finalidan o'rin olgan "Fiorentina" - "Borussiya M" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Mehmonlar hujumchisi Lars Shtindl 44-55-daqiqalar oralig'ida uchta gol urishga erishdi. Bu Yevropa ligasi tarixida eng tezkor xet-trik bo'ldi.

2014 yilgi mavsumda "Styaua" vakili Klaudio Kesheyru ham 11 daqiqada uchta gol urgandi.

Dastlabki o'yinda "Fiorentina" safarda 1:0 hisobida zafar quchgandi. Kechagi bahsda "Borussiya M" 4:2 hisobida g'alaba qozonib keyingi bosqichga yo'l oldi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/GracenoteLive