

Londonda Isroilning "Makkabi Xayfa" klubini qabul qilgan Joze Mourinyu shogirdlari 7:2 hisobida zafar quchdi. O'yinda Xarri Keyn xet-trik, Jovani Lo Chelso dubl qayd etgan bo'lsa, Bamidele Alli hamda Lukas Moura bittadan golga mualliflik qilishdi. Shu tariqa "shporlar" Yevropa Ligasining final bosqichiga yo'llamani naqd qildi.
Tottenxem – Makkabi Xayfa 7:2
2 oktyabr, 00.00, Tottenxem Xotspur Stedium
Gollar:
1:0 – 2 Keyn, 1:1 – 17 Sheri, 2:1 – 20 Lukas Moura, 3:1 – 36 Lo Chelso, 4:1 – 39 Lo Chelso, 4:2 – 52, penalti Rukavica, 5:2 – 56, penalti Keyn, 6:2 – 74 Keyn, 7:2 – 90, penalti Alli.
Tottenxem – Xart, Doerti, Alderveyreld, Sanches, Devis, Uinks, Xeyberg (Sissoko, 63), Lukas Moura, Lo Chelso (Alli, 46), Bergveyn, Keyn (Regilon, 75).
Makkabi Xayfa – Koen, Planich, Xabshi, Arad (Donio, 71), Mabuka, Lavi, Menaxem, Abu-Fani (Ashkenazi, 87), Sheri, Rukavica, Xaziza (Rodriges, 83).




