

“Olimpiakos” egasi Evangelos Marinakis instagram'dagi sahifasi orqali koronavirusga chalingani haqida ma'lum qilgan. Ayni payt, Gretsiya jamoasining murabbiylar shtabi, futbolchilari va klub ishchilari tibbiy ko'rikdan o'tishmoqda.
“Vulverxempton” esa Yevropa Ligasi 1/8 finali doirasida “Olimpiakos”ga qarshi bo'lib o'tadigan ilk bahsni qoldirish bo'yicha UEFA bilan muzokara o'tkazmoqda. Mazkur o'yin 12-martga belgilangan.
Ma'lumot o'rnida, Evangelos Marinakis Angliyaning quyi divizioni jamoasi “Nottingem Forest” akciyadori ham hisoblanadi.



