Yevropa ligasi. Jeko - 5-turning eng yaxshi futbolchisi

Narzulla Saydullayev
26 noya 2016, 08:18
Muxlislar Roma hujumchisi Edin Jekoni Yevropa ligasi 5-turining eng yaxshi futbolchisi deb topishdi.

Viktoriya Plzen bilan o'yinda xet-trik qayd etgan (4:1) bosniyalik futbolchiga 67% ovoz keldi.

Ikkinchi o'rinni Zenit hujumchisi Aleksandr Kokorin (7%), uchinchi o'rinni Manchester Yunayted vakili Ueyn Runi (6%) band etdi.

Eng yaxshi bo'lish uchun Kosta Nxaymonesu (Sparta), Lasse Shene (Ayaks), Evgeniy Konoplyanka (Shalke 04), Kostas Fortunis (Olimpiakos) va Aric Aduris (Atletik) kabi futbolchilar da'vogar edilar.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com