Yevropa ligasi. Bugun "Aktobe" va "Irtish" o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
25 iyul 2013
Bugun Yevropa ligasi 2-saralash bosqichi doirasidagi javob o'yinlari bo'lib o'tadi.
Qozog'istonning "Aktobe" klubi o'z uyida Norvegiyaning "Xedd" klubini qabul qiladi. Norvegiyada bo'lib o'tgan dastlabki o'yinda maydon egalari 1:0 hisobida g'alaba qozonishgandi. Bugungi bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi. O'yinda Kapadze, Geynrix va Bikmaev jamoasiga omad tilaymiz.

"Irtish" esa javob bahsini safarda o'tkazadi. Bir hafta oldin bo'lib o'tgan o'yinda "Irtish" Bosniya va Gertsegovinaning "Shiroki Brieg" klubini 3:2 hisobida mag'lub etgandi. Bugungi o'yin Toshkent vaqti bilan soat 23:30ga belgilangan. Ulug'bek Baqoev va Kamoliddin Murzoev jamoasiga omad tilaymiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia