Maxachqalaning "Anji" klubi o'z maydonida Norvegiyaning “Tromse” klubini qabul qildi va juda muhim bo'lgan g'alabaga erishdi. Boisi ushbu uch ochko “Anji”ning Yevropa ligasidagi joriy yildagi ilk g'alabasi bo'ldi.
Ushbu muvaffaqiyatdan so'ng dog'istonliklar o'z guruhida 2-o'ringa ko'tarilib oldi.
Shuningdek hamyurtimiz Odil Ahmedov jamoasining “motori”ga aylanib ulgurganini kechagi o'yinda yana bir bor isbotladi.
Uchrashuvdagi yagona gol ham aynan Odilning to'p oshirishidan so'ng yuz berdi. Ahamiyatlisi milliy terma jamoamiz a'zosi uchrashuvda to'liq 90 daqiqa harakat qildi.

Anji - Tromse - 1:0 (1:0)
Hakam: Majeyka (Litva).
Gol: Burmistrov, 19.
“Anji”: Kerjakov, Angbva, Adeleye, Everton, Eshhenko, Jusiley, AHMEDOV, Gatagov (Agalarov, 62), Razak (Abdulavov, 90), Burmistrov (Gadjibekov, 83), Solomatin.
“Tromse”: Lekstrem, Chaushevich, Fojut, Kristiansen, Norbyu, Bendiksen, Xelmke, Drage (Espeyord, 75), Yoxansen (Antonsen, 58), Ondrashek (Moldskred, 46), Nyustrem.
Ogohlantirishlar: Xelmke, 56. Jusiley, 62. Antonsen, 90+1. Gatagov (zaxiradagi), 90+5.
“K” guruhi.
1. Tottenxem 3 9
2. Anji 3 4
3. Sherif 3 2
4. Tromse 3 1