Yevropa Ligasi 2022/23 yilgi mavsum guruh bosqichida qatnashadigan barcha jamoalar ma'lum. Bugun qur'a!

Eldor Akmurzayev
26 avg 2022, 07:55
Yevropa Ligasi saralash bahslari o'z yakuniga etdi.

Unga ko'ra, guruh bosqichida qatnashuvchi barcha ishtirokchilar aniqlandi. Qur'a tashlash marosimi esa bugun bo'lib o'tadi.

Birinchi savatcha: Roma, Manchester Yunayted, Arsenal, Lacio, Braga, Crvena Zvezda, Dinamo Kiev, Olimpiakos.

Ikkinchi savatcha: Feyenoord, PSV, Renn, Monako, Real Sosedad, Karabax, Malme, Ludogorec.

Uchinchi savatcha: Sherif, Betis, Midtyulland, Bude-Glimt, Ferencvarosh, Union Berlin, Frayburg, Fenerbaxche.

To'rtinchi savatcha: Nant, XIK, Shturm, AEK Larnaka, Omoniya, Cyurix, Yunion, Trabzonspor.

Eslatib o'tamiz, musobaqa guruh bosqich bahslari 8 sentyabrdan start oladi va final 2023 yil 31 may kuni Budapeshtdagi “Pushkash Arena” o'yingohida bo'lib o'tadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia