Yevropa Ligasi 2019/20 yilgi mavsumning eng yaxshisi nomiga uch futbolchi da'vogarlik qiladi

Eldor Akmurzayev
17 sen 2020, 20:50
UEFA matbuot xizmati Yevropa Ligasi o'tgan mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun da'vogarlarning uchligini e'lon qildi.

Ro'yxatdan uch futbolchi joy oldi: “Sevilya” o'ynagan va hozirda “Ash-Shabab” a'zosi bo'lgan Ever Banega, MYU yarim himoyachi Brunu Fernandesh va “Inter” forvardi Romelu Lukaku.

G'olib nomi esa 2 oktyabr kuni e'lon qilinadi.

O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra 4-10 o'rinlarni olgan futbolchilar:

4. Lyuk de Yong ("Sevilya") – 64 ochko

5. Xesus Navas ("Sevilya") – 59 ochko

6. Lukas Okampos ("Sevilya") – 39 ochko

7. Kay Xaverc ("Bayer") – 17 ochko

8. Diego Karlos ("Sevilya") – 9 ochko

9. Adama Traore ("Vulverempton") – 8 ochko

10. Jyul Kunde ("Sevilya") – 7 ochko

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA