

Angliya premer ligasida o'z darvozasidan eng kam o'tkazib yuborgan jamoa bu Manchester shahrining "Yunayted" klubi sanaladi. Ushbu jamoa o'z darvozasidan hozirga qadar 10 marotaba gol qo'yvorgan.

APL: Romero ("Manchester Yunayted") - 4 o'yin (-2 gol)
Serxio Romero mavsum startida "Manchester Yunayted" darvozasini to'rtta o'yinda qo'riqladi va ikkita gol o'tkazib yubordi.

APL: De Xea ("Manchester Yunayted") - 10 o'yin (-8 gol)
Italiya chempionatida "Inter" jamoasi darvozasini ishg'ol etish raqiblarga katta qiyinchilik tug'dirmoqda. Bunda Samir Handanovichning xizmatlari katta albatta.

A Seriya: Samir Handanovich ("Inter") - 13 o'yin (- 7 gol)
Ispaniya chempionatining eng kam gol o'tkazib yuborgan jamoasi bu Madridning "Atletiko" klubi hisoblanadi. Yan Oblak La Ligada eng ishonchli darvozabon sifatida qayd etilmoqda.

La Liga: Yan Oblak ("Atletiko") - 13 o'yin (-6 gol)
Fransiya chempionatida PSJ darvozasiga gol urish boshqa jamoalarnikiga nisbatan qiyinroq ko'rinmoqda. Kevin Trapp o'z ishini chempionatdagi boshqa hamkasblaridan ko'ra yaxshiroq uddalamoqda.

Fransiya 1-divizioni: Kevin Trapp (PSJ) - 15 o'yin (-8 gol)
Germaniya chempionatining eng kuchli va tajribali kiperi Manuel Noyer har doimgidek o'z postini ancha ishonchli qo'riqlashda davom etmoqda.

Bundesliga: Manuel Noyer ("Bavariya") - 14 o'yin (-5 gol)



