Yevropa klublari "Real" hujumchisiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
24 okt 2025
"Real" qishki transfer oynasida hujumchi Gonsalo Garsiya uchun bir nechta takliflarni olishi mumkin.

Futbolchi asosiy tarkib uchun raqobatlasha olmasligini anglaganiga qaramay, "qaymoqranglilar" sharafini himoya qilishda davom ettirishga qaror qildi. 

Jurnalist Ekrem Konurning so'zlariga ko'ra, 21 yoshli "Real" tarbiyalanuvchisiga talab yuqori. Italiyaning "Milan" va "Napoli", Angliyaning "Vest Xem", "Aston Villa" va "Fulxem" jamoalari hamda Ispaniyaning "Sevilya"si qiziqish bildirmoqda. 

Davogarlar istiqbolli hujumchi uchun taxminan 20-25 mln evro taklif qilishga tayyor deb taxmin qilinmoqda, ammo "Real" uni sotishni istamayapti.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Yahoo Sports