Yevropa Chempionati ochilish uchrashuvini kim boshqarishi ma'lum

Omonjon To`xtamirzayev
13 iyun 2024
Ertaga, 14 iyun tunda Evro-2024 ochilish uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Germaniya va Shotlandiya terma jamoalari ishtirokidagi ochilish o'yinining bosh hakami etib fransiyalik Kleman Tyurpen tayinlandi.

Unga qanotlarda Nikolya Dano va Benjamen Paj yordam beradi. Zaxira hakami - Fransua Letekse. "VAR"da - Jerom Brizar.

Bellashuv Myunxen shahrida bo'lib o'tadi va O'zbekiston vaqti bilan 23:59da start oladi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: UEFA