Yevropa chempionati ishtirokchilari 32 taga yetishi mumkin

Оқил Абдубарноев
9 mar 2022, 19:25
UEFA futbol bo'yicha Yevropa chempionati ishtirokchilari sonini 32 ta jamoaga etkazish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

2028 yildan boshlab turnir qoidalariga o'zgartirishlar kiritilishi taxmin qilinmoqda. Katta ehtimol bilan Buyuk Britaniya va Irlandiya kengaytirilgan musobaqaga birinchi bo'lib mezbonlik qiladi.

Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi (PFA) Evroda ishtirokchilar sonining kengayishiga qarshi chiqdi. Tashkilotning fikricha, bunday o'zgarishlar turnir sifatiga katta ta’sir ko'rsatadi.

Yevropa chempionatining avvalgi “kengayishi” 2016 yilda bo'lib o'tgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Daily Mail