

Bavariya jamoasi gruziyalik darvozabonning xizmatlaridan foydalanishga tayyor va ushbu yozgi transfer bozorida uni sotib olishlari mumkin. Nemislar allaqachon Valensiyaga darvozabon transferi bo'yicha muzokaralarni boshlashgan.
Ma'lumot uchun, Mamardashvilining Valeniya bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Uning transfer narxi 50 million evroga baholanmoqda.
Eslatib o'tamiz, gruziyalik darvozabon davom etayotgan Yevropa chempionatida ajoyib ishtirok etdi. U o'z termasi bilan guruh bosqichidan o'tishga erishgandi. O'zi esa turnirda 30 ta seyv amalga oshirdi.



