Evrokubok bahslari bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi

Sherzod Nurmatov
4 avg 2020
Bu koronavirus pandemiyasi qurbonlari xotirasiga qilinmoqda.

Yevropa Chempionlar Ligasi, Yevropa Ligasi, UEFA Yoshlar Ligasi va Ayollar Chempionlar Ligasining bo'lajak o'yinlari koronavirus pandemiyasi qurbonlari xotirasi uchun bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi, deb xabar berdi UEFA rasmiy sayti.

Bundan tashqari, futbolchilar maydonga o'zlari tanlagan tilda "Rahmat" yozuvli liboslarni kiyib tushishadi, bu orqali ular pandemiyaga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlariga o'z minnatdorchiligini bildirishadi.

"Men evrokuboklarning qaytayotganidan xursandman, ammo biz yana futbol o'ynashimizga imkon bergan sadoqatli odamlarni unutmasligimiz kerak", - dedi UEFA prezidenti Aleksander Cheferin.

Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichi 7-8 avgust, chorak final o'yinlari 12-15 avgust, yarim finallar esa 18-19 avgust kunlari bo'lib o'tadi. Final 23 avgustga belgilangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: УЕФА расмий сайти