Evrofutbol. Uik-endning e'tiborga molik voqealari (FOTO)

Aziz Tukhtamuradov
4 noya 2014, 15:21
Sanchesning navbatdagi dubli, "Real"da g'alaba, "Barsa" esa mag'lubiyatga uchradi. O'tgan haftada Yevropa yashil maydonlarida bo'lib o'tgan muhim voqealar suratlarda aks etgan.

"Napoli" "Roma"ni mag'lub etdi. Kalexon esa to'purarlar poygasida 8 ta gol bilan yetakchilar qatorida


Birinchi jahon urushi qurbonlari hotirasiga bag'ishlab, Britaniya armiyasi vertolyoti to'pni Lestyerdagi stadionga olib kelib berdi


Xames Rodriges o'zining navbatdagi gollaridan birini nishonlamoqda


Aleksis Sanches ketma-ket ikkinchi o'yinda dubl qayd etmoqda. Bu safar "Byornli" darvozasiga


"Chelsi" g'alaba qozondi. Fabregas esa o'zining 9-golli uzatmasini amalga oshirdi


Andrea Pirlo jarima to'pidan ajoyib gol kiritdi


Yurgen Klopp "Bavariya"ga qarshi o'yinda rosa asabiylashdi. Lekin, "Borussiya D" baribir mag'lubiyatga uchradi


Neymar, Messi, Suareslar to'rt marotaba "Selta" darvozasi to'sinini nishonga oldilar... "Barsa" mag'lubiyatni tan olishga majbur bo'ldi


Kris Smolling "Siti"ga qarshi o'yinda qizil kartochka olib, jamoasini qiyin ahvolga solib qo'ydi


Agueroning goli Manchester derbisida "shaharliklar"ga g'alabani taqdim etdi


"Milan" o'z maydonida kutilmaganda "Palermo"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi


"Udineze" yana mag'lubiyatga uchradi, Di Natale esa gollar urishda davom etmoqda


sports.ru sayti asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia