Evro-2024ning 24 ishtirokchisidan 20 nafari ma'lum

Nozimov Nig'monxo'ja
21 noya 2023, 08:32
Futbol bo'yicha 2024 yilgi Yevropa chempionatining 24 ishtirokchisidan 20 nafari ma'lum bo'ldi.

Germaniya, Portugaliya, Fransiya, Belgiya, Shotlandiya, Ispaniya, Turkiya, Avstriya, Angliya, Vengriya, Slovakiya, Albaniya, Daniya, Shveytsariya, Niderlandiya, Ruminiya, Serbiya, Italiya, Sloveniya va Chexiya musobaqaning final bosqichiga yo'l oldi. .

Turnirga yana bir to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma Xorvatiya va Uels terma jamoalari uchun kurash olib borayotgan “D” guruhida o'ynaladi.

Evro-2024da qolgan uchta o'rin Millatlar ligasi pley-off bosqichi orqali taqsimlanadi. 2024-yilning 21-26-mart kunlari oltita yarim final, undan so'ng uchta final o'tkaziladi, ularning g'oliblari 24 jamoadan iborat final turniri ishtirokchilari ro'yxatini to'ldiradi.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com