Evro-2024 saralashi doirasidagi bugungi bahslar 1 daqiqalik sukut bilan boshlanadi

Mirjalol Normatov
17 okt 2023, 20:58
Bugun Evro-2024 saralashi doirasidagi uchrashuvlar o'tkaziladi.

Kecha Belgiya markazi Bryussel shahrida Shvetsiya termasining ikki muxlisi otib ketilgani sababli milliy jamoalar ishtirokidagi uchrashuv to'xtab qolgandi.

UEFA matbuot xizmatining xabariga ko'ra, bugun Evro-2024 saralashi doirasida bo'ladigan o'yinlar o'sha voqelik qurbonlari uchun 1 daqiqalik sukut bilan boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com