Evro-2020. Yana 4 ta terma jamoa muddatidan avval final bosqichiga yo'l oldi

14 noyabr kungi bahslardan so'ng 4 ta terma jamoaning Evro-2020 ga borishi aniq bo'ldi.

Unga ko'ra, Fransiya, Angliya, Chexiya va Turkiya termalari muddatidan avval Evro-2020 yo'llanmasini hal etdi.

Shu tariqa yo'llanma sohiblari soni 10 taga etdi. Avvalroq Belgiya, Rossiya, Italiya, Polsha, Ispaniya hamda Ukraina termalari ham Evro-2020 masalasini hal etgandi.

Ma'lumot uchun, Evro-2020 musobaqasida 24 ta terma jamoa qantashadi. Final bosqichiga qur'a tashlash marosimi 30 noyabrda bo'lib o'tadi.


Manba: Championat.asia