Evro-2020. Turkiya – Uels. "O'yin yulduzi" kim bo'ldi?

Sherzod Nurmatov
17 iyun 2021, 01:36
Yevropa chempionati "A" guruhi 2-turida Turkiya – Uels uchrashuvi (0:2) bo'lib o'tdi.

Yarim himoyachi Garet Beyl to'liq 90 daqiqa o'ynadi va o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

31 yoshli futbolchi ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. U dastlab 42-daqiqada Aaron Remzini qoyilmaqom pas bilan taminlagan bo'lsa, 95-daqiqada Konor Robertsning goliga assistentilk qildi.

Qayd etish joiz, Beyl 61-daqiqada penaltidan unumli foydalana olmadi, uning zarbasi darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia