Evro-2020. Kroos Ronaldu bilan nima haqida gaplashganini aytdi

Eldor Akmurzayev
21 iyun 2021, 21:45
Evro-2020 doirasida o'tgan Portugaliya – Germaniya (2:4) bahsidan keyin sobiq jamoadoshlar Toni Kroos va Krishtianu Ronaldu maydonda biroz muddat suhbat qurishgandi.

“Ronaldu bilan to'rt mavsum birga o'ynadim. Mening eng katta yutug'larim u bilan birgalikda ro'y bergan va unga rahmat aytsam mubolag'a qilmagan bo'laman. Kiyim almashtirish xonasini birga bo'lishardik va uni ko'rganimdan juda xursand edim. Ko'pdan beri uchrashmagandik, chunki “Real” va “Yuventus” bir-biriga to'qnash kelmadi.

Uchrashuv va bo'lajak o'yinlar haqida qisqacha fikr almashdik. Ularga omad tilayman. Umid qilamanki, ular ham biz kabi Evro-2020 pley-offiga yo'l oladi. Shuningdek, undan Italiyadagi faoliyati haqida so'radim, chunki u yerda 3 yildan beri o'ynamoqda”, deydi Kroos.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia