

Mazkur to'qnashuv 25-mart kuni Toshkent vaqti bilan 00:45da o'tkaziladi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Din mashg'ulotlar paytida jarohat olgan. 25 yoshli futbolchi ilk turda Moldovaga qarshi o'yinda zaxirada qoldirilgandi. “Everton” a'zosining qancha muddatga safdan chiqqani noma'lum.
Eslatib o'tamiz, jahon chempionlari Moldovani yirik (4:1) hisobda taslim qilgandi.



