Evro-2020. Guruhda 2 gol urgan Angliya peshqadam sifatida pley-offga yo'llanma oldi

Aslanov Jasurbek
23 iyun 2021, 01:53
Evro-2020, 3-turi doirasida Angliya hamda Chexiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin davom etmoqda

Chexiya – Angliya  (0:1)

London, "Uembli". 

Bosh hakam: Artur Diash (Portugaliya)

Qanot hakamlari: Ruy Tavaresh va Paulu Soaresh (ikkisi Portugaliya)

Zaxira hakami: Srdjan Yovanovich (Serbiya)

VAR hakami: Joau Pineyru (Portugaliya)

VAR hakami yordamchilari: Paolo Valeri (Italiya), Filippo Meli (Italiya) va Massimiliano Irrati (Italiya)

Chexiya – Angliya 

00.00, "Uembli"

Chexiya – 1.Tomash Vaclik – 5.Vladimir Coufal, 3.Ondrjey Chelustka, 6.Tomash Kalas, 18.Yan Borjil – 9.Tomash Golesh, 15.Tomash Souchek, 12.Lukash Masopust, 8.Vladimir Darida, 14.Yakub Yankto – 10.Patrik Shik

Zaxira: 16.Alesh Mandous, 23.Tomash Koubek, 2.Pavel Kaderjabek, 4.Yakub Brabec, 7.Antonin Barak, 11.Mixael Krmenchik, 13.Petr Shevchik, 19.Adam Glojek, 20.Matey Vidra, 21.Aleks Kral, 22.Alesh Mateyu, 24.Tomas Pekxart                                                                                            

Angliya – 1.Jordan Pikford – 2.Kayl Uoker, 5.Jon Stounz, 6.Xarri Maguayr, 3.Lyuk Shou – 14.Kalvin Fillips, 4.Deklan Rays, 25.Bukayo Saka, 7.Jek Grilish, 10.Rahim Sterling – 9.Xarri Keyn

Zaxira: 13.Aaron Remsdeyl, 23.Sem Jonston, 8.Jordan Xenderson, 11.Markus Reshford, 12.Kiran Tripper, 15.Tayron Mings, 16.Konor Koudi, 17.Jeydon Sancho, 18.Dominik Kelvert-Lyuin, 22.Ben Uayt, 24.Ris Jeyms, 26.Jud Bellingem

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! Angliya termasi guruh yetakchisi sifatida pley-off bosqichiga yo'llanma olmoqda!

Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shib berildi.

86. GOOOOOOLLL!!! YO'O'O'QQQQ!!! Xendersonning goli offsayd sababli inobatga olinmadi. Lekin to'p Chexiya himoyachisining oyog'idan Xenderson tomon borgandek ko'ringandi. Ammo VAR ham offsayd borligini tasdiqladi.

83. Nihoyat, qizillar hujumga o'tdi. Pekxartning zarbasi noaniq ketdi.

80. Juda zerikarli o'yin bo'lmoqda.

73. Stounz hujumga o'tdi va bir necha raqiblarini aldab o'tdi. Biroq zarba berishga ulgurmadi.

66. Reshford va Billingem maydonga tushishga tayyorlanmoqda. Sautgeyt hisobning mustahkamlanishini ko'zlayapti shekilli.

60. O'ng qanotdan to'p Coufal tomonidan Angliya termasi darvozasi yaqiniga oshirib berildi. Darvozabon Pikford mushtlari bilan to'pni urib yubordi. 

58. Angliya termasi hujumga o'tayotgandi. Rahim Sterling offsaydda qolib ketdi.

54. Ana endi Keynning pasidan keyin Sterling raqib posboni bilan birga bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin bo'lgandi. Lekin ikki himoyachi bir bo'lib, to'pni olib qo'ydi.

50. Ajoyib vaziyat bo'lishi mumkin edi. Sterlingning pasini Keyn to'xtata olganida uni to'xtatib bo'lmasdi...

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45. TANAFFUS! Hakam birinchi bo'limga bir daqiqa ham qo'shmadi

37.  Lyuk Shoudan zarba, darvozabon yana bir marta Chexiyani qutqardi. 

12. GOOOOOOOL! Raxim Sterling Grilishning uzatmasini bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi! Inglizlar hisobni ochishdi.

1. O'YIN BOSHLANDI!


Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia