Evro-2020. Angliya TJ qaydnomasida o'zgarish yuz berdi

Eldor Akmurzayev
15 iyun 2021, 20:45
Darvozabon Din Xenderson jarohati tufayli qita birinchiligida qatnashmaydi.

U son qismida muammolar his etmoqda va shu tufayli Angliya TJ qarorgohini tark etishga majvur bo'ldi. Xenderson tiklanish jarayonlarini MYUda olib boradi.

Uning o'rniga esa “Sheffild Yunayted” kiperi Aaron Remsdeyl qaydnomaga kiritildi. Remsdeyl musobaqa uchun e'lon qilingan zaxira ro'yxatidan o'rin olgandi.

Qayd etish joiz, UEFA qoidalariga ko'ra, terma jamoalar musobaqaning har qanday bosqichida qaydnomada faqatgina darvozabonlarni o'zgartirishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: englandfootball.com