EVRO-2016. Har bir guruhdagi vaziyatlar haqida

Narzulla Saydullayev
19 iyun 2016, 15:12
Bugun EVRO-2016 guruh bosqichi 3-tur o'yinlari start oladi.

Bu chempionatda ilk bor 16 emas 24ta jamoa ishtirok etmoqda. Guruh bosqichida 24 jamoaning 8tasi qolib ketadi. Yani har bir guruhda oxirgi o'rinni olgan 6 jamoa va 3-o'rin orasida eng yomon natija qayd etgan 2 jamoa.

Biz har bir guruhdagi vaziyatga to'xtalib o'tamiz.

"A" GURUHI

#JamoaO'YUDMT-NO
1            
 Fransiya2     
2     
0    
0     
4-1      
6    
2 Shveytsariya    
21102-14
3 Ruminiya20112-31
4 Albaniya20020-30

"A" guruhida Fransiya keyingi bosqichga chiqib bo'ldi. Oxirgi o'rindagi Albaniyada uchinchi o'rinni olish uchun kichik imkoniyat bor.

Oxirgi turda Ruminiya - Albaniya bilan o'ynaydi. Ruminlar g'alaba qozonishsa 90 foiz 1/8 finalga chiqishadi. Albaniya g'olib bo'lsa qolgan guruhlardagi uchinchi o'rinni egallagan jamoalar natijasini kutadi. Durang bo'lsa katta ehtimol bilan ikkala jamoa uyiga ketadi.

Shveytsariya esa Fransiya bilan to'qnash keladi. Bu uchrashuvda Qaysi jamoa g'olib bo'lsa guruhda birinchi o'rin bilan keyingi bosqichga chiqadi. Durang ham ikkala jamoani qoniqtiradi.



"B" GURUHI

#JamoaO'YUDMT-NO
1       
 Angliya             
2       
1      
1      
0      
3-2     
4   
2 Uels21013-33
3 Slovakiya    
21013-33
4 Rossiya20112-31

"B" kvartetida vaziyat juda ham chigal. Oxirgi o'rindagi Rossiyada ham guruh g'olibi bo'lish uchun imkoniyat mavjud. Ruslar 3-turda Uelsni mag'lub etishsa 90 foizga keyingi bosqichga chiqishadi. Angliya oxirgi turda Slovakiyaga yutqazmasa guruhdan chiqadi. Slovakiya g'olib bo'lsa 1/8 finalga yo'l oladi. Durang bo'lsa gamshik va sheriklari qolgan guruhlardagi vaziyatni kuzatishadi.




"C" GURUHI

#JamoaO'YUDMT-NO
1     
 Germaniya2      
1      
1     
0      
2-0      
4    
2 Polsha21101-04
3 Shim.Irlandiya  
21012-13
4 Ukraina20020-40

"C" guruhida Ukraina 2-turdan so'ng guruhdan chiqa olmasligi ma'lum bo'lgan yagona jamoa bo'ldi. Ukrainlar oxirgi turda g'alaba qozonishsa ham to'rtinchi o'rindan tepaga ko'tarila olishmaydi. Polsha Ukrainaga yutqamasa keyingi bosqichga chiqadi. Yirikroq hisobda yutqazib qo'ysa va uchinchi o'rinni olsa guruhda qolib ketishi mumkin. Lekin bunday bo'lish ehtimoli juda past.

Shimoliy Irlandiya - Germaniya uchrashuvida kim yutsa o'sha keyingi bosqichga chiqadi. Durang bo'lsa Germaniya nimchorakka yo'l oladi, Maykl Onil shogirdlari qolgan o'yinlar natijalarini kutishlari kerak bo'ladi.



"D" GURUHI

#JamoaO'YUDMT-NO
1        
 Ispaniya             
2       
2      
0    
0     
4-0     
6    
2 Xorvatiya21103-24
3 Chexiya20112-31
4 Turciya20020-40

"D" guruhida Ispaniya ham Fransiya kabi guruhdan chiqib bo'ldi. Ular oxirgi turda Xorvatiyaga yutqazishmasa guruh g'olibi bo'lishadi. Xorvatiya g'olib bo'lsa birinchi o'rinni egallaydi. Durang ham Xorvatiyani keyingi bosqichga chiqishi uchun etarli bo'ladi. Chexiya - Turkiya o'yinida chexlar yirik hisobda yutishsa va xorvatlar narigi o'yinda yutqazishsa ikkinchi o'rinni egallashadi. Durang bo'lsa Chexiya ham Turkiya ham uyga ketishadi. Turkiya g'alaba qozonib uchinchi o'rinni egallaydi va qolgan guruhlardagi natijalarni kutadi.




"E" GURUHI

#JamoaO'YUDMT-NO
1        
 Italiya                 
2      
2      
0      
0      
3-0     
6   
2 Belgiya21013-23
3 Shvetsiya20111-21
4 Irlandiya20111-41

"E" guruhda Italiya birinchi o'rinni naqd qildi. So'nggi turda "Skuadra Adzurra" Irlandiya bilan o'ynaydi. Faqat o'ta yirik G'alaba Irlandiyaga keyingi bosqich eshiklarini ochishi mumkin. Durang bo'lsa Robbi Kin va sheriklari Fransiyani tark etishadi. Shvetsiya Belgiyani yutsa va Irlandiya yuta olmasa ikkinchi o'rinni oladi. Durang bo'lsa Zlatan ham uyiga ketadi. Belgiya g'alaba qozonsa aniq, durang o'ynagan 90 foizga 1/8 finalda o'ynaydi. Mag'lubiyat kuzatilsa ham ularda kichik imkoniyat qoladi.




"F" GURUHI

#JamoaO'YUDMT-NO
1      
 Vengriya2     
1     
1     
0     
3-1      
4     
2 Islandiya20202-22
3 Portugaliya        
20201-12
4 Avstriya20110-21

"F" kvartetida ham vaziyat juda chigal ko'rinish olgan. Vengriya hozircha keyingi bosqich masalasini 80 foizga hal qildi. Jamoa Portugaliyaga 4-5ta to'p farq bilan yutqazsa guruhdan chiqa olmasligi mumkin. Portugaliya g'olib bo'lsa keyingi bosqichga chiqadi. Durang kuzatilsa juda katta ehtimol bilan Krishtianu Ronaldu va jamoadoshlari ancha barvaqt tatilga chiqib ketishadi. Islandiya Avstriyani mag'lub etsa nimchorak finalda o'ynaydi. Avstriya hozir so'nggi o'rinda turibdi, lekin g'alaba 70 foiz ehtimol bilan ularni navbatdagi bosqich sari etaklaydi.



Smartfon yutishni istaysizmi, unda marhamat! Shartlar esa bu yerda >>>> TANLOV

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia