Evro-2016. Fransiya va Irlandiya o'rtasidagi o'yinni Riccoli boshqarib boradi

Narzulla Saydullayev
25 iyun 2016, 07:58
UEFA yakshanba kuni bo'lib o'tadigan 1/8 final o'yinlariga hakamlar tayinladi.

Lionda bo'lib o'tadigan Fransiya – Irlandiya uchrashuvini italiyalik Nikola Riccoli boshchiligidagi hakamlar boshqarib boradi.

Germaniya hamda Slovakiya o'rtasidagi bahsga polshalik Shimon Marchinyak bosh hakam etib tayinlandi.

Vengriya - Belgiya uchrashuvini serbiyalik referi Milorad Majich boshqaradi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com